“Yosh yigitlar uchun o‘lim kafolatlangan” – Zelenskiy Putin armiyaga chaqirgan yigitlarni ogohlantirdi
Olam
−
02 aprel 2022
13449Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Federatsiyasida bahorgi muddatli harbiy xizmatga chaqiruv boshlangani munosabati bilan rossiyaliklarga murojaat qildi. Zelenskiyning kechki videomurojaati Prezident devoni tomonidan e’lon qilindi.
"Bugun, 1 aprelni bosqinchilar ikkita bir xil ahmoqona “hazil” bilan boshladi. Bittasi Rossiyada bahorgi chaqiruv e’lon qilishi. Bu an’anaviyga o‘xshaydi, lekin odatdagidan farq qiladi. Bu yil muddatli harbiy xizmatchilar davlatimizga qarshi, xalqimizga qarshi urushga yuborilishi mumkin. Demak, bu juda ko‘p yosh yigitlar uchun kafolatlangan o‘limdir. Ular bizning fuqarolarimiz emas, balki biz bilan urushayotgan davlat fuqarolari. Ularni ogohlantirish hali ham xalq sifatida bizning burchimizdir”, deydi Zelenskiy.
Keyin u rus tilida davom etdi va ota-onalarga farzandlarini armiyaga yubormaslikni aytdi.
"Har bir chaqiriluvchini, ularning ota-onalarini ogohlantiring. Bu yerda bizga yangi o‘lganlar kerak emas. Bolalaringizni asrang, ular yovuz bo‘lib qolmasligi uchun. Ularni armiyaga jo‘natmang. Qo‘lingizdan kelganini qiling, agar ular tirik bo‘lsa”, deydi Ukraina Prezidenti.
Zelenskiy Rossiya armiyasiga olinishi mumkin bo‘lgan qrimliklarga ham murojaat qildi.
“Rossiya Federatsiyasi Qrimda ham odamlarni yollashga harakat qilmoqda. Bu xalqaro gumanitar huquqning buzilishi va harbiy jinoyat bo‘lib, uning uchun javobgarlik bor. Bu ham Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish uchun argumentdir. Shuning uchun Qrim aholisiga yuzlanmoqchiman: bu voqeani har qanday bosqichda sabotaj qiling. Jinoiy buyruqlarni bajarmang va birinchi imkoniyatda Ukraina Qurolli kuchlariga taslim bo‘ling. Biz hamma narsani tushunamiz. Siz yashaysiz”, deya ta’kidladi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi juda ahmoqona 1 aprel "hazil"i Rossiya qo‘shinlari vaqtincha kirgan Ukrainaning janubiy viloyatlaridagi ba’zi aholi bilan kasbiy o‘yinlardir.
“U yerda qandaydir yetakchilar, vaqtinchalik rahbarlar tayinlanmoqda. Hamkorlik uchun javobgarlik muqarrar. Asosiysi, adolat muqarrarligi. Shuning uchun hamma yetakchi bo‘lganlar Rostovning biror joyida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Ular bilan yoki bosqinchilar bilan bevosita hamkorlik qilish ularga katta muammo bo‘ladi. Bu oxirgi ogohlantirish”, deydi Zelenskiy.
Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda bahorgi muddatli harbiy xizmatga chaqiruv kampaniyasini boshlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.
LiveBarchasi