Yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha qaror qabul qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar berildi.

Qarorga ko‘ra, yosh oilalar uchun qurilayotgan 2116 ta uy-joy qiymati dastlabki badalining 65 foizigacha bo‘lgan qismi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘i hisobiga 7 yil muddatga qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng bo‘lgan stavkada ssuda tariqasida ajratiladi (hozirga qadar boshlang‘ich badal O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to‘liq to‘lab berilgan).

Shuningdek, ipoteka krediti bo‘yicha birinchi 5 yil nihoyasiga yetgach keyingi butun muddat uchun hisoblangan qayta moliyalashtirish stavkasiga teng miqdordagi foizlarning 25 foizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘i hisobiga to‘lanadi.

2020 yildan boshlab quriladigan uy-joylar uchun:

•    dastlabki badallar hamda kredit bo‘yicha birinchi besh yildan keyingi foiz to‘lovlari yosh oilalarning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;

•    kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7 foizdan qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

uy-joy Yoshlar ittifoqi yosh oila

Baholaganlar

128

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing