Yosh Greta yana hibsga olindi

Olam

image

Shvetsiyalik iqlim faoli Greta Tunberg Niderlandiyadagi norozilik namoyishida hibsga olindi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Iqlim o‘zgarishi faollari va ularning safidagi mashhur ekofaol Greta Tunberg Niderlandiyaning Gaaga shahridagi avtomagistralni to‘sib qo‘yishgan. Mazkur yo‘l A12 trassasi bo‘lib, bu yo‘l shaharni mamlakatning boshqa yirik aholi punktlari bilan bog‘laydi.

Norozilik mitingi ishtirokchilarining ushbu harakatlariga nisbatan mahalliy politsiya tomonidan ayrim choralar qo‘llandi. Xususan, namoyishlar davomida politsiya ularga qarshi suv purkagichlardan foydalangan.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, 6 iyul kuni politsiya 21 yoshli Tunbergni Gaagadagi “Yo‘q bo‘lib ketish isyoni” harakati tomonidan uyushtirilgan miting joyidan olib ketgan.

Xabarlarga ko‘ra, faollar qazib olinadigan yoqilg‘ilarga subsidiyalar berilmasligini talab qilmoqda. So‘nggi oylarda hukumatni qazib olinadigan yoqilg‘i subsidiyalarini to‘xtatishga chaqirgan namoyishchilar tomonidan yo‘llar o‘nlab marta to‘sib qo‘yilgan. “Yo‘q bo‘lish isyoni” faollari o‘zlarining talablari qondirilmagungacha namoyishlarni davom ettirishga va’da berishdi.

Ma’lumot o‘rnida, Greta Tunberg joriy yilning aprel oyida ham Gaagadagi shunga o‘xshash namoyishdan politsiya tomonidan olib ketilgan edi. May oyi oxirida u Shvetsiyaning Malmyo shahrida Isroilning “Eurovison” tanlovida ishtirok etishiga qarshi Falastin tarafdorlari namoyishlari chog‘ida hibsga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Greta Tunberg Niderlandiya Gaaga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made