Yosh bolasini ayovsiz kaltaklagan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
26 dekabr 2022
9504Avvalroq Samarqand viloyatining Urgut tumani Vatak mahallasida yashovchi ayol o‘z bolasini shafqatsiz kaltaklayotgani haqida xabar qilgan edik. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“2022 yil 24 dekabr kuni Urgut tumani Vatak mahallasida yashovchi fuqaro G.O. Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida ketgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali muloqot qilish jarayonida, o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilikdan so‘ng, turmush o‘rtog‘iga jahl qilib, o‘zining voyaga yetmagan farzandini urgan. Holatni telefon apparatida videotasvirga olib, videoni turmush o‘rtog‘iga yuborib, voyaga yetmagan farzandlarini o‘ldirish bilan qo‘rqitgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat bo‘yicha Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G.Oga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi va 112-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Hozirda jabrlanuvchining ahvoli yaxshi bo‘lib, shifokorlar kuzatuvida”, deyiladi rasmiy xabarda.
Jinoyat ishi esa Samarqand viloyati IIB tomonidan nazoratga olingan.
LiveBarchasi