Samarqandda ayol o‘z farzandini shafqatsiz kaltakladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Urgut tumani Vatak mahallasida yashovchi ayol o‘z bolasini shafqatsiz kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Voqea yuzasidan Urgut tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi. 

Xabarda aytilishicha, mazkur voqea shu kunning o‘zida tegishli mas’ullar tomonidan o‘rganilib, ona hamda uning farzandini sog‘lig‘i va ruhiy holati mutaxassislar nazoratiga olingan.

Qayd etilishicha, video ayolning qaynonasi tomonidan suratga olingan va tarqatilgan. U kelini nevaralarini doimiy tarzda kaltaklab kelayotganini aytib, o‘ldirib qo‘yishidan qo‘rqishini ma’lum qilgan.

Videoda bolaning burnidan qon kelganiga qaramasdan, onasi tomonidan shafqatsiz kaltaklanayotgani aks etgan.

“Tomosha qil, haymi, kayf qil… Seni kasringga bachalaring yem bo‘ladi”, deya tinimsiz bolani uradi ayol.

Uning so‘zlaridan bolani eriga qasd qilib urayotganini bilish mumkin.

“Ushbu holatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho beriladi”, deyiladi hokimlik xabarida.

Sohiba Komilovna 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

503

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing