Yosh bolalarni axloqsiz harakatlar qilishga majburlagan erkakka jinoiy ish ochildi
3-sahifa
−
24 iyul 2023
8763Toshkent viloyatida 39 yoshli erkak ikki nafar bolani axloqsiz harakatlarga majburlagani haqida xabar bergandik. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
“Olmaliqda yosh bolalarni axloqsiz harakatlar qilishga majburlagan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 129-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deyiladi xabarda.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Olmaliq shahar Ichki ishlar boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jinoyatni sodir etgan 1984 yilda tug‘ilgan erkak ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turishi aniqlangan.