Yerning aylanishi nima uchun tezlashdi? 

Olam

image
0:00
0:00
download

Xabaringiz bor, 29 iyun Yer tarixidagi eng qisqa kun sifatida qayd etildi. O‘sha kuni odatdagi 24 soatlik sutkadan 1,59 millisekundga qisqaroq bo‘lgan. Bu potensial Yerning o‘z o‘qi atrofida tezroq aylanayotganini ko‘rsatadi.

Olimlar nega Yer bunday tez aylanayotganiga aniq javob bera olmaydi, ammo ular bir nechta taxminlarga ega. Ulardan birining fikricha, iqlim yoki iqlim tizimlarining o‘zgarishi, masalan, muzliklarning erishi va muzlashi yoki harakatlanuvchi shamollarning og‘irligi Yerning tortishish kuchiga ta’sir qiladi. 

Shuningdek, zilzilalar va boshqa seysmik harakatlar, xuddi aylanayotgan odam qo‘llarini tortib olganidek, butun massani Yerning markaziga siljitishi ham sabab qilib ko‘rsatilgan. 

ABC telekanalining mutaxassislarga tayanib yozishicha, okeanning sirkulyatsiyasi va Yer o‘qini tortuvchi dengiz tubidagi bosim aylanish tezligiga ta’sir ko‘rsatmoqda.

“Timeanddate”ga ko‘ra, bu “Chandler tebranishi” – sayyora mukammal sharsimon bo‘lmagani sababli Yer o‘qining tabiiy siljishi aylanish tezligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Avstraliyalik astronom Fred Uotson ABC telekanaliga shunday deb tushuntirgan: “Haqiqatan qaray boshlaganingizda, Yer shunchaki aylanayotgan qattiq shar emasligini tushunasiz.

Uning ichida suyuqlik bor, tashqi tomoni suyuq va atmosferasi bor. Va bu Yerning aylanish tezligiga ta’sir qilishi mumkin”.

Ba’zi olimlarning fikricha, bu qisqaroq kunlarning yangi davrining boshlanishi bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1444

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing