Yerga osmono‘par bino kattaligida ulkan asteroid yaqinlashmoqda

Bu qiziq

image

Yerga osmono‘par bino kattaligida ulkan asteroid yaqinlashmoqda. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, joriy yilning 10 avgust kuni 2006 QQ23 asteroidi soatiga 17 ming kilometr tezlikda harakatlanib, Yerdan atigi 0,049 astronomik birlik (7,3 million kilometr)da uchib o‘tadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu asteroidni Yerga yaqin ob’ekt sifatida qarash mumkin. Bundan tashqari, asteroid Yerdan 0,05 astronomik birlikdan qisqa masofada o‘tgani uchun uni xavfli asteroidlar qatoriga qo‘shish o‘rinli. 

Ushbu asteroidning diametri taxminan 570 metrni tashkil etadi. Bu esa AQSHdagi mashhur Empayr-steyt-bilding o‘smono‘par binosi balandligi (443 metr)dan ham kattadir.

NASA vakillarining qayd etishicha, hozirda bu fazoviy jism Yerga hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Chunki har yili o‘rtacha oltita bu kattalikdagi asteroid Yer oldidan uchib o‘tadi.

NASA yerga yaqin ob’ektlarni kuzatishda va asteroid xavfiga qarshi choralar ishlab chiqishda davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

asteroid

Baholaganlar

257

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing