Yerevandagi namoyishlarda sobiq prezidentning o‘g‘li hibsga olindi (video)

Olam

image

Armaniston politsiyasining “Qizil beretlilar” maxsus kuchlari Yerevanda ommaviy aksiyalar davomida mamlakatning ikkinchi prezidenti Robert Kocharyanning o‘g‘li Levonni hibsga oldi. Bu haqda “Sputnik Armaniston” xabar berdi.

Levon Kocharyanning advokati Aleksandr Kochubayev u hibsga olinishi vaqtida kaltaklangani va shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qilgan.

"Levon Kocharyan qattiq kaltaklangan va hozirda kasalxonada", deydi advokat.

Ijtimoiy tarmoqlarning arman segmentida Kocharyan hibsga olingani, keyin esa mashinada kaltaklangani tasvirlangan videolar tarqalmoqda.

Bundan tashqari, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanni “impichment”ga chaqirgan “Ona Armaniston” muxolifat bloki rahbari Andranik Tevanyan ham departamentga olib ketilgan.

Ma’lumot uchun, Yerevanda norozilik namoyishlari Ozarbayjon asosan armanlar istiqomat qiladigan, (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘da operatsiya boshlaganidan keyin avj olgan. Bosh vazir Nikol Pashinyan vaziyatga aralashishdan bosh tortdi va kutilmagan harakatlar qilmaslik zarurligini bildirdi. Poytaxtdagi namoyishchilar Qorabog‘ni tan olishga va Pashinyan iste’foga chiqarishga chaqirmoqda. Ular hukumat binosiga bostirib kirishga harakat qilgan. Bosh vazir esa Yerevanda namoyishchilarga qarshi "qattiq harakat" qilishga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 sentyabr kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘da “Ozarbayjon Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini tiklash maqsadida” mahalliy aksilterror choralari boshlanganini e’lon qilgandi. 20 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da mazkur tadbirlar to‘xtatildi. Kecha, 21 sentyabr kuni Yevlax shahrida Qorabog‘ arman jamiyati vakillari Ozarbayjonning mas’ul vakili bilan uchrashib, muzokara o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Erevandagi namoyishlar Robert Kocharyanning o'g'li Levon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing