Yerevanda politsiya bo‘limiga qurollangan shaxslar hujum qildi

Olam

image

Kecha, 24 mart kuni Armaniston poytaxti Yerevanning Nor-Nork tumanidagi politsiya bo‘limiga qurolli hujum uyushtirildi. Bu haqda “Armenpress” rasmiy axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, politsiya bo‘limi binosiga 3 nafar noma’lum hujumchi granata bilan kelgan.

Hujumchilar xavfsizlik kuchlari bilan uchrashib, bir qancha talablarni ilgari surgan. Keyin ular granata portlatgan. Portlash oqibatida ikki hujumchi yaralangan. Yaradorlar shifoxonaga yotqizilgan.

Uchinchi hujumchi esa tahdidlarini davom ettirgan. Keyinchalik u ham xavfsizlik kuchlari tomonidan zararsizlantirilib, hibsga olingan. 

Voqea joyida bo‘lgan xavfsizlik kuchlari va fuqarolar orasida qurbonlar yo‘q. 

Yerevan meri birinchi o‘rinbosari Armen Pambuxchyan jurnalistlarga politsiya bo‘limi yaqinida sodir bo‘lgan voqeani terrorchilik harakati ekanini aytdi.

"Bu teraktga xos bo‘lgan xatti-harakatlar. Politsiya binosi yonida qurollangan yoki granata bilan bo‘lgan har qanday harakat terrorchilik aktidir", deydi u.

Hujumchilarning biror tashkilotga aloqadorligi yoki ularning talablari haqida ham aniq ma’lumot yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston Erevan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing