Yerevanda namoyishchilar ommaviy hibsga olindi
Olam
−
22 Sentabr 2023
4032Armaniston poytaxti Yerevanda Ozarbayjonning Qorabog‘dagi aksilterror operatsiyasidan keyin hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda. Bu haqda “Armenpress” rasmiy axborot agentligi yozmoqda.
Aytilishicha, hukumat binosi joylashgan Respublika maydonida bo‘lib o‘tgan miting namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvga aylanib ketgan. To‘qnashuvlar chog‘ida xavfsizlik kuchlari ovozli bombalardan foydalangan. Yerevanning markaziy ko‘chalarida harakatni to‘xtatishga uringan namoyishchilar qo‘lga olindgan
“Kamida 28 kishi fuqarolik itoatsizligining ommaviy aksiyalarini uyushtirganlik, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishga chaqirganlik va o‘qotar qurollar olib yurganlikda ayblanib hibsga olindi”, deyiladi xabarda.
Xavfsizlik kuchlari keng qamrovli xavfsizlik choralarini ko‘rishiga qaramay, Respublika maydonida namoyishlar davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, Yerevanda norozilik namoyishlari Ozarbayjon asosan armanlar istiqomat qiladigan, (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘da operatsiya boshlaganidan keyin avj olgan. Bosh vazir Nikol Pashinyan vaziyatga aralashishdan bosh tortdi va kutilmagan harakatlar qilmaslik zarurligini bildirdi.
Yerevandagi namoyishchilar Qorabog‘ni va Pashinyan iste’fosini tan olishga chaqirmoqda. Ular hukumat binosiga bostirib kirishga harakat qilgan. Bosh vazir esa Yerevanda namoyishchilarga qarshi "qattiq harakat" qilishga va’da bergan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 sentyabr kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘da “Ozarbayjon Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini tiklash maqsadida” mahalliy aksilterror choralari boshlanganini e’lon qilgandi. 20 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da mazkur tadbirlar to‘xtatildi. Kecha, 21 sentyabr kuni Yevlax shahrida Qorabog‘ arman jamiyati vakillari Ozarbayjonning mas’ul vakili bilan uchrashib, muzokara o‘tkazdi.
LiveBarchasi