Yerevan va Baku Pashinyan va Aliyev uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Olam

image

Armaniston va Ozarbayjon rasmiy vakillari ikki davlat rahbarlari Prezident Ilhom Aliyev va Bosh vazir Nikol Pashinyanning uchrashuvi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda bugun, 26 iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Armaniston parlamentining tashqi aloqalar komissiyasi rahbari, hukmron “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi boshqaruvi a’zosi Eduard Agajanyan ma’lum qildi. 

“Menga ma’lum bo‘lishicha, yetakchilar uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda,  biroq aniq sanalarni ayta olmayman”,  deydi u. 

Pashinyan va Aliyev oxirgi bor joriy yilning 22 may kuni Bryusselda Yevropa kengashi rahbari Charlz Mishel vositachiligida ikki davlat munosabatlarini normallashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazgan.  

23 may kuni davlat rahbarlari chegaralarni delimitatsiya qilish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha komissiyalar tuzish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladilar. Arman komissiyasiga Mger Grigoryan, ozarbayjon komissiyasiga Shahin Mustafoyev rahbarlik qildi. Komissiyalarning birinchi yig‘ilishi 24 may kuni ikki davlat chegarasida bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Nikol Pashinyan

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing