Yerevan Ozarbayjonni harbiy dron qo‘llaganini da’vo qilmoqda

Olam

image

Bugun, 12 may kuni ertalab Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan Sotk qishlog‘i yaqinida uchuvchisiz qurilma ishlatilgani, oqibatda ikki arman askari yaralanganini da’vo qildi. Bu haqda vazirlik saytida e’lon qilingan bayonotda so‘z bordi.

“12 may kuni taxminan soat 10:00 da (Toshkent vaqti bilan 11:00) Ozarbayjon qurolli kuchlari Sotk yo‘nalishida uchuvchisiz samolyotlardan foydalangan holda o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzdi. Armaniston Qurolli kuchlarining ikki nafar harbiy xizmatchisi yaralandi. Harbiy xizmatchilardan birining ahvoli qoniqarli, ikkinchisiniki esa og‘ir deb baholanmoqda”, deyiladi xabarda.

O‘z navbatida, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi o‘tgan kun davomida mamlakat armiyasining boshqa yo‘nalishlarda joylashgan pozitsiyalari Armaniston qurolli kuchlari tomonidan jami 17 marta o‘qqa tutilganini bayon qilgan.

“Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari tegishli javob choralarini ko‘rdi va barcha yo‘nalishlarda tezkor vaziyatni nazorat qildi”, deyiladi Ozarbayjon Mudofaa vazirligi bayonotida.

Biroq rasmiy Baku xabarida harbiy dron qo‘llangani haqida hech narsa deyilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing