Yerevan Bakuga o‘z hududidan Turkiyaga o‘tish uchun koridor berishga rozi emas
Olam
−
01 mart
5721Armaniston hech qachon Ozarbayjonga o‘z hududida koridor berishga rozi bo‘lmaydi. Bu haqda Armaniston parlamenti vitse-spikeri Ruben Rubinyan bugun Antaliya diplomatik forumida ma’lum qildi.
"Ozarbayjon "Zangezur yo‘lagi" atamasini ishlatishda davom etmoqda. Armanistonda Zangezur yo‘q. Armaniston hech qachon Ozarbayjonning o‘z hududidagi ba’zi yo‘laklarga kirishiga rozi bo‘lmaydi", degan u.
Uning qayd etishicha, hukumat Armanistonning suvereniteti va hududiy yaxlitligini ta’minlash asosida Janubiy Kavkaz kommunikatsiyalarini to‘sib qo‘ymoqchi.
Rubinyan Ozarbayjon tomonidan tinchlik kelishuviga erishish uchun yetarli sa’y-harakatlar qilinmaganini ham iddao qilgan.
Avvalroq, Ozarbayjon Prezidentining yordamchisi Hikmat Hojiyev tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etayotganini, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlarining Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasidagi uchrashuvi juda samarali o‘tganini va Ozarbayjon muzokaralarni to‘xtatmasligini bildirgan.
"Shu bilan birga, tinchlik shartnomasi shunchaki u imzolanishi kerak bo‘lganligi uchun tuzilmasligi kerak, bu hujjat tinchlikka bo‘lgan haqiqiy va chinakam istakni aks ettirishi lozim", degan Prezident yordamchisi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Ilhom Aliyev O‘zbekiston ham manfaatdor bo‘lgan Zangezur koridori nega muhimligini tushuntirib bergan edi.
LiveBarchasi