Yordam so‘rab kelgan ayolga shilqimlik qilgan tabib qamaldi
3-sahifa
−
07 dekabr
10604Surxondaryoda dardiga shifo izlab kelgan ayolga shilqimlik qilgan tabib 5 sutkaga qamaldi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining uyida jabrlanuvchi ayolga nisbatan turli uyatli so‘zlarni aytib, shahvoniy shilqimlik qilishga uringan.
Jabrlanuvchi ayol ushbu holat yuzasidan tegishli organlarga murojaat qilgan. Joriy yilning 5 dekabr kuni ushbu holat Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumani sudida ko‘rib chiqilgan va tabibga sud jazo tayinlagan.
Erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 411 - moddasida (shahvoniy shilqimlik qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “qo‘qonlik tabib”ning “tan soqchilari” javobgarlikka tortilgandi. Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2091 - moddasi (vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish) bilan bayonnoma rasmiylashtirilgandi.
LiveBarchasi