Yerdagi muzliklar xavotirli sur’atda qisqaryapti – tadqiqot

Bu qiziq

image

Yer muzliklari xavotirli sur’atlarda qisqarib bormoqda. Bu haqda Butunjahon muzliklar monitoringi xizmati (WGMS) tadqiqotida keltirilgan.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025 yilda sayyora muzliklari jami 408 gigatonna muz yo‘qotgan. O‘tgan yil global muz erishi bo‘yicha eng yomon yillardan biri bo‘lgan. Yillik yo‘qotishlar XX asr oxiridagi ko‘rsatkichlardan to‘rt baravar oshib ketgan. Tadqiqot butun dunyo bo‘ylab dala va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini birlashtirgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, dunyoning barcha 19 ta asosiy muzli mintaqalarida muz yo‘qotilishi kuzatilgan.

Eng katta yo‘qotishlar Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi va Alp tog‘larida qayd etilgan. Shuningdek, Islandiya, Chili va Osiyoning baland tog‘li hududlaridagi muzliklar ham sezilarli darajada erigan. 1975 yildan beri Yer muzliklari qariyb 10 ming gigatonna muz yo‘qotgan, bu massaning 80 foizi ming yilliklar bo‘sag‘asida (asrlar almashgan davrda) sodir bo‘lgan. Ushbu hajm dengiz sathini 2,64 santimetrga ko‘tarish uchun yetarli.

Muzning eng katta yo‘qotilishi 2023 yilda qayd etilgan – 555 gigatonna. Aktual holatning teskarisi sifatida, 1983 yilda muz massasining rekord darajada o‘sishi (115 gigatonna) kuzatilgan. O‘sha yili dunyoning barcha burchaklarida ob-havo o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha sovuq bo‘lgan. Biroq sovuq tushishi qisqa muddatli bo‘lib chiqdi va harorat ko‘tarilishi hamda muz yo‘qotilishining uzoq muddatli tendensiyasini o‘zgartira olmagan.

Olimlar muz erishining tezlashishi dengiz sathi, ekotizimlar va ichimlik suvi ta’minoti uchun kaskadli (zanjirli) oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Shuningdek, ular yaqin yillarda ko‘plab muzliklar yo‘q bo‘lib ketishini, butun boshli mintaqalar esa yaqin o‘n yilliklar ichida o‘z muz qoplamini yo‘qotishini prognoz qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq muzliklar erishining tezlashishi Markaziy Osiyo mamlakatlarida jiddiy suv tanqisligiga olib kelishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

muzliklar Butunjahon muzliklar monitoringi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing