Yerdagi magnit bo‘roni darajasi yanada oshdi
Bu qiziq
−
11 may
15268Bugun, 11 may kuni Yerdagi magnit bo‘roni darajasi yana G5 darajasida yuqoriladi. Bu haqda Amaliy geofizika instituti ma’lumotlariga tayanib, TASS nashri xabar berdi.
“Magnit bo‘ronining kuchi yana bir bor ko‘tarildi. Yer magnitosferasining bunday kuchli buzilishi yaqinda Quyoshdagi kuchli chaqnashlar va Yerga yo‘naltirilgan toj massasining chiqishi tufayli sodir bo‘ldi. Quyosh faollik davrini boshdan kechirmoqda, shuning uchun bunday hodisalar kuzatilishi tabiiy”, deydi institut vakili.
Ma’lumot uchun, Yer magnit maydonidagi buzilish darajasi besh ko‘rsatkichli shkala bo‘yicha o‘lchanadi, eng yuqorisi G5 – "juda kuchli" va G1 "zaif" hisoblanadi.
Bunday paytda kamida 7-8 soat uxlash maslahat beriladi. Ovqat ratsionidan yog‘li va achchiq ovqatlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.
Shuningdek, kontrastli dush, ertalabki mashqlar, toza havoda yurish, yugurish magnit bo‘roni kuzatilganida salomatlik uchun foydali bo‘ladi.
LiveBarchasi