Yerda kuchli magnit bo‘ronlari kuzatilmoqda

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Yerda G4 darajali kuchli magnit bo‘ronlari kuzatilmoqda. Bu haqda Rossiya Amaliy geofizik instituti ma’lumotlariga tayanib, TASS xabar berdi

Qayd etilishicha, besh balli shkalada hozirgi magnit bo‘ronlarining kuchi G4 bo‘lib turibdi. Bu yuqori darajali magnit bo‘roni sifatida tasniflanadi. Bunday magnit bo‘ronlari vaqtida raidoaloqada jiddiy buzilishlar, sun’iy yo‘ldosh va radiochastota navigatsiyasining soatlab yaxshi ishlamasligi kuzatiladi. 

Geomagnit bo‘ronining faol ta’siri natijasida kecha shimoliy qutb doirasida va hatto Moskvada ham qutb yog‘dusi hodisasi yuz bergan. Bunday holat kamdan-kam kuzatilishi qayd etilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, shu yilning mart oyida ham O‘zbekistonda 5 balli magnit bo‘ronlari bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

magnit bo'roni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing