Yer yuzidagi eng baland futbolchi faoliyatini yakunladi
Sport
−
12 iyul 2019
7510Yer yuzidagi eng bo‘yi uzun futbolchi o‘z faoliyatini yakunlashga qaror qildi. 38 yoshigacha Angliya Premer ligasida faoliyat olib borgan Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Piter Krauch keyingi mavsumda boshqa futbol o‘ynamoqchi emas.
“Uzoq o‘ylab ko‘rgach, futboldan ketishga qaror qildim. Bundan ortig‘ini tasavvur qilolmayman. Mening uzoq vaqt futbolda bo‘lishimda yordam bergan barchadan minnatdorman”, deb yozdi Piter Krauch o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
Krauch o‘zining butun faoliyati davomida “Tottenhem”, “KPR”, Portsmut”, “Aston Villa”, “Norvich siti”, “Sautgempton”, “Liverpul”, “Stok siti” va “Byornli” jamoalarida to‘p surdi. U bu klublar safida jami 677 ta o‘yin o‘tkazib, 187 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol etishga muvoffaq bo‘ldi.
Bundan tashqari hujumchi Angliya terma jamoasi safida 42 ta o‘yinda ishtirok etib, 22 ta gol muallifiga aylangan.
LiveBarchasi