“Yerdagi do‘zax”. Afg‘onistonda yil oxirigacha 1 mln bola o‘lishi mumkin

Olam

image
UNICEF: Afg‘onistonda bolalar ishtirokida nikohlar soni ortmoqda north_east

UNICEF: Afg‘onistonda bolalar ishtirokida nikohlar soni ortmoqda

Joriy yil oxirigacha Afg‘onistonda to‘yib ovqatlanmaslik oqibatida kamida 1 million bola halok bo‘lishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiy vakili Margaret Xarris ma’lum qildi.   

“Afg‘onistonda to‘yib ovqatlanmaslik muammosi o‘sishda davom etmoqda. 5 yoshgacha bo‘lgan 3,2 million bola yil oxirigacha to‘yib ovqatlanmasligi mumkin. Ulardan kamida 1 millioni jiddiy to‘yib ovqatlanmaslikdan o‘lish xavfi ostida”, deydi hozir Afg‘onistonda bo‘lib turgan Xarris. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, JSST Afg‘onistonning 23 viloyatidagi 47 ta tibbiyot muassasalariga bolalardagi to‘yib ovqatlanmaslikni davolash uchun mablag‘ yuborgan, biroq bu “dengizdan tomchi”. 

BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi rahbari Devid Bizli dunyo yetakchilarini Afg‘onistonda qishda halokatli ocharchilikning oldini olish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirgan. 

“Vaziyat siz tasavvur qilganingizdek yomon. Aslida, gap Yerdagi eng dahshatli gumanitar inqiroz haqida ketmoqda”, degan Devid Bizli. 

Ta’kidlanishicha, bunga koronavirus pandemiyasi va mamlakat ekinlarining katta qismini yo‘q qilgan kuchli qurg‘oqchilik ham qo‘shilgan. Bu Afg‘onistonda so‘nggi to‘rt yil ichida ikkinchi shunday qurg‘oqchilikdir. 

“Mamlakat aholisining 95 foizi to‘yib ovqatlanmaydi, hozir esa 23 million odam o‘tkir ochlik tahdidi ostida qolgan. Kelgusi olti oy halokatli bo‘ladi. Bu Yer yuzidagi do‘zax bo‘ladi”, degan Qobulga tashrif buyurgan Jahon oziq-ovqat dasturi rahbari. 

Qayd etilishicha, g‘arb davlatlari Afg‘onistonga yordamni to‘xtatgan, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi esa moliyalashtirishni vaqtincha to‘xtatgan. Uning qachondan davom etishi noma’lum, chunki dunyoda deyarli hech kim “Tolibon” hukumatini rasman tan olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston bola ochlik

Baholaganlar

366

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing