UNICEF: Afg‘onistonda bolalar ishtirokida nikohlar soni ortmoqda
Olam
−
13 noyabr 2021
13836Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) Afg‘onistonda bolalar ishtirokida nikohlar soni ortib borayotganidan xavotirda. Bu haqda tashkilot ijrochi direktori Genriyetta For ma’lum qildi.
“Afg‘onistonda bolalar ishtirokida nikohlar soni ortib borayotgani haqidagi xabarlar meni qattiq tashvishga solmoqda. Biz oilalar 20 kunlik qizlarni mahr evaziga kelajakda turmushga berishni taklif qilgani haqida ishonchli xabarlar oldik”, degan For.
Tashkilotning ta’kidlashicha, Afg‘onistonda erta turmush qurish kabi keng tarqalgan hodisa oiladagi zo‘ravonlik va ayollarga nisbatan kamsitishlarga, natijada psixologik muammolarga olib kelishi mumkin. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan afg‘on ayollarining 28 foizi 18 yoshgacha turmushga chiqqan.
Tashkilot afg‘on hukumatini eng zaif afg‘on oilalarini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishda yordam berishga chaqirgan.
UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi noqulay iqtisodiy vaziyat tobora ko‘proq oilalarni qizlarni erta turmushga berishga yoki farzandlarini ishga yuborishga majbur qilmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr