JSST jahon mamlakatlarini shoshilmaslikka chaqirdi

Olam

image

Kecha, 11 may kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus bo‘lib o‘tgan brifingda jahon mamlakatlariga murojaat qildi.

Bosh direktor bir qator mamlakatlarning karantin choralarini yumshatish bo‘yicha choralariga to‘xtalar ekan bu ishlarni “hayotni himoya qilish uchun sekin-astalik bilan amalga oshirish zarurligini” ta’kidladi. Iqtisodiyotni rag‘batlantirish choralariga to‘xtalar ekan, yangi holatlar aniqlansa, tezkor choralar ko‘rish uchun mamlakatlar virusning oldini olishda hushyor bo‘lishlari kerakligini aytib o‘tdi. 

Bundan tashqari, JSST rahbari karantin cheklovlari yengillashtirilgandan keyin Germaniya va Koreya Respublikasida, shuningdek, Xitoyning Uxan shahrida aniqlangan infeksiya manbalarining ko‘payayotganiga e’tibor qaratdi. “Yaxshiyamki, ushbu uchta mamlakatda ishlarni aniqlash va ularga javob berish uchun operatsion tizimlar mavjud”, dedi u.

Ba’zi mamlakatlarda o‘quv muassasalarining qayta tiklanishi haqida gapirib, Tedros Adan Gebreyesus rasmiylarni infeksiyaning oldini olish uchun ko‘rilayotgan choralarni baholashga chaqirdi. Ayniqsa, faoliyati yo‘lga qo‘yilgan ta’lim muassasalarining ish jarayonida bunga qat’iy amal qilish lozim. Uning so‘zlariga ko‘ra, “COVID-19 kasalligining hozirgi tarqalishi va virusning bolalarga qanchalik ta’sir qilishi to‘g‘risida aniq tasavvur” talab qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing