Yer osti boyliklarini qazib olish uchun ruxsatnoma olish tartibi o‘zgartirilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomani olish tartibi soddalashtirilmoqda. Bu haqda bugun, 28 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ekologik partiya fraksiyasi yig‘ilishida muhokama qilingan “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonun loyihasida so‘z boradi.

Quyi palata Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur qonun loyihasi xorijiy tajriba va xalqaro tashkilotlar fikrlari va takliflari asosida ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasida yer qa’ri uchastkalarining resurslari, yer osti boyliklaridan foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari ro‘yxati va ularning vakolat doiralari aniq belgilab berilmoqda.

Qayd etilishicha, qonun bilan yer osti boyliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning (ruxsatnoma berilganligi, yer qa’ridan foydalanuvchilarning yillik xarajatlari, ruxsatnomani boshqa shaxsga o‘tkazilganligi, mahalliy ish kuchi va xizmatlarni ta’minlash uchun ajratilishi lozim bo‘lgan xarajatlar miqdori) ochiqligi, shuningdek, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomani olish tartibi tubdan soddalashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish tartib-taomillari takomillashtirilmoqda, o‘rganilganlik darajasi va kon ochish salohiyati yuqori bo‘lgan maydonlardan geologik jihatdan o‘rganish uchun foydalanish hamda aniqlangan konlardan foydali qazilmalarni qazib olish uchun foydalanish huquqini beradigan ruxsatnomalarni “E-auksion” yagona elektron savdo maydonchasida o‘tkaziladigan auksion natijalariga ko‘ra berish belgilanmoqda.

Muhokamalar yakuniga ko‘ra, qonun loyihasi fraksiya a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi qaror bilan qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun ruxsatnomalar Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha berilishi belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

er soti

Baholaganlar

56

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar