Yer aholisi soni 8 milliarddan oshdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Yerdagi odamlar soni 8 milliardlik marradan oshib ketdi va o‘sishda davom etmoqda. Bu haqda Countrymetrics.info portalidagi real vaqt rejimida o‘zgaruvchi statistik ma’lumotlar darak bermoqda.

Resurs ma’lumotlariga ko‘ra, sayyorada erkaklar ayollarga qaraganda 1 foizga ko‘p. 14 avgust holatiga ko‘ra, Yer yuzidagi eng zich joylashgan 20 ta davlat reytingida birinchi uch o‘rinda Xitoy – 1 456 049 258 kishi, Hindiston – 1 418 972 027 kishi, AQSH – 336 mln 590 217 kishi qayd etilgan.

Shuningdek, portalda ko‘pincha odamlar yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lish (deyarli 16 foiz) ko‘rsatilgan. Ikkinchi o‘rinda insult, uchinchi o‘rinda pastki nafas yo‘llarining o‘tkir infeksiyalari joy olgan.

Avvalroq BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti Yer aholisi Yer sayyorasining aholisi 2022 yil noyabr oyida 8 milliardga yetishi haqida ma’lumot bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

225

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing