Yopilgan yo‘llar, jarimalar, onlayn-ruxsat... Haydovchilar uchun qulay yangi dastur ishga tushirilmoqda

Jamiyat

image

2021 yilda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan “Road24” axborot tizimi joriy etilmoqda. Endilikda haydovchilar ushbu tizim orqali yangi yo‘l belgilari, YTH o‘choqlari, jarimalar haqida ma’lumot olishlari, onlayn-to‘lovni amalga oshirishlari va avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqish uchun onlayn-ruxsat olishlari mumkin. 

“Yo‘l harakati sohasida interaktiv xizmatlarni taqdim etish" bo‘yicha “Road24” axborot tizimi bugungi kunda test talqini ishga tushirilish arafasida.

Mazkur mobil axborot tizimi yo‘l harakati qatnashchilari va YPX xodimlari uchun qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda axborot kiritish, olish va tarqatish imkoniyatlari mavjud.

Ushbu yangi dasturda: 

Aholini yo‘l-transport hodisasi o‘choqlari haqida tezkor xabardor qilish;  

Yangi o‘rnatilgan yo‘l belgilari haqida xabardor qilish;

Chorrahalarda tirbandliklarni oldini olish, muammoli vaziyatlarni kamaytirish;

Foydalanuvchilar yo‘l harakati qoidalarini buzganlik holati to‘g‘risida axborotlarni taqdim etish (aynan ushbu road24 dasturi orqali olingan videoyozuvlarni ilova qilib yuborish);  

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar haqida ma’lumotlarni olish;

Jarimalarni to‘lash imkoniyati;

Avtomobil yo‘llarini ma’lum muddatga yopilishi (ta’mirlash ishlari) haqida axborotlarni oldindan olish imkoni;

Har bir foydalanuvchining shaxsiy kabineti;

Statistik axborotlarni jamlashni yagona tizimini yaratish;

Transport vositasini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun masofadan turib, onlayn tarzda ruxsatnoma olish imkoniyati mavjud.

"Road24" dasturiga kirish https://road24.uz maxsus link orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, haydovchi yoki piyoda tomonidan aniqlangan yo‘lda harakatlanish bilan bog‘liq muammolar ushbu dasturga belgilanib, boshqa haydovchilar ogohlantiriladi.

Ta’kidlanishicha, ushbu dasturda belgilangan kamchilik va muammolar mas’ullar tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing