YeOIIda raislik Rossiyadan Armanistonga o‘tdi
Olam
−
02 yanvar
7973Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi (YeOII) raislik 2024 yil 1 yanvardan Rossiyadan Armanistonga o‘tdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi saytida xabar qilindi.
“Armaniston Respublikasi 2024 yil 1 yanvardan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi organlaridagi raislikni qabul qildi va 2024 yil davomida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi, Yevroosiyo hukumatlararo kengashi va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kengashida raislik qiladi”, deyilgan xabarda.
Raislik doirasida Ittifoq tuzilganining 10-yilligi munosabati bilan Moskvada Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishi, III Yevroosiyo iqtisodiy forumi, Yevroosiyo hukumatlararo kengashiyig‘ilishi hamda qator tadbirlar rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) 2014 yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015 yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan. O‘zbekiston, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 25 dekabr kuni Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlari Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan sammit yakunlariga ko‘ra YeOIIni rivojlantirish bo‘yicha 15 yillik hujjat imzolagandi.
Yig‘ilishda ishtirok etgan Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi iqtisodiy birlashma bo‘lib, siyosiy yoki geosiyosiy kun tartibiga ega bo‘lmasligi kerakligini aytgandi.
LiveBarchasi