Yong‘indan keyin Park in Mall’dagi faoliyat to‘xtatildi
3-sahifa
−
09:29 1810 1 daqiqa
Kecha, 15 mart kuni Park in Mall oilaviy savdo-ko‘ngilochar markazida yong‘in sodir bo‘lganidan so‘ng markaz faoliyatini vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Vazirlikka ko‘ra, cheklov chorasi yong‘in xavfsizligi sohasida aniqlangan kamchiliklar to‘liq bartaraf etilguniga qadar amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan Park in Mall oilaviy ko‘ngilochar savdo markazida yong‘in sodir bo‘lgandi. Soat 13:18 da markaz 3-qavatida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 13:19 da yetib borib, yong‘in soat 13:28 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Aytilgan manzilda Park in Mall oilaviy ko‘ngilochar savdo majmuasining 3-qavati 25 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan.
Qo‘shimcha qilinishicha, Park in Mall oilaviy ko‘ngilochar savdo markazi binosi hozirgi vaqtda foydalanishga topshirilmagan va yong‘in sodir bo‘lgan joy bolalar o‘yingohida sodir bo‘lmagan.
Live
Barchasi