Toshkentdagi Park in Mall’ga o‘t ketdi (video)
3-sahifa
−
15 mart 5098 1 daqiqa
Bugun, 15 mart kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan Park in Mall oilaviy ko‘ngilochar savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 13:18 da tumanning Botir Zokirov ko‘chasida joylashgan Park in Mall oilaviy ko‘ngilochar savdo markazi 3-qavatida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 13:19 da yetib borib, yong‘in soat 13:28 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Aytilgan manzilda Park in Mall oilaviy ko‘ngilochar savdo majmuasining 3-qavati 25 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan.
Qo‘shimcha qilinishicha, Park in Mall oilaviy ko‘ngilochar savdo markazi binosi hozirgi vaqtda foydalanishga topshirilmagan va yong‘in sodir bo‘lgan joy bolalar o‘yingohida sodir bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi qurilish bozorida yong‘in sodir bo‘lgandi. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar tushmagan.
Live
Barchasi