Yong‘inda itini qutqarmoqchi bo‘lgan mashhur jangchining hayoti xavf ostida qoldi
Sport
−
14 mart
4265Afsonaviy UFC jangchisi Mark Kolman kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda “Fighttime” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 59 yoshli Kolmanning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. U bir necha qarindoshlarini yong‘in sodir bo‘lgan joydan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan, biroq itini qutqarish uchun alanga olgan joyga yana qaytib kirgan va tutun tufayli hushini yo‘qotgan.
Kolman kasalxonaga yotqizilgan va hozir og‘ir ahvolda.
Ma’lumot uchun, Kolman faoliyati davomida 16 ta jangda qatnashib, 10 marta g‘alaba qozongan. U birinchi og‘ir vaznda UFC chempioni bo‘lgan va 1996 yilda ikkita UFC turnirida g‘olib chiqqan.
LiveBarchasi