“Yengilroq jazo berishingizni so‘rayman”. Shar’iy nikohidagi ayolini buklab, ko‘mib yuborgan er sudda 

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida erkak shar’iy nikohida bo‘lgan ayolini dastlab, bo‘g‘ib o‘ldirgan, so‘ngra buklab, ko‘mib yuborgan. Buning uchun ayblanuvchi 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi. 

“Zamon” dasturining xabar berishicha, marhumning opasiga singlisidan “mendan xavotir olmang” shaklidagi shubhali sms xabarlar kela boshlagan. Singlisining 10 kundan buyon ko‘rinish bermaganidan shubhalangan opa oxiri Ichki ishlarga murojaat qilgan va kimdan gumoni borligini ham ma’lum qilgan. 

Izlanishlar natijasida, Toshkent viloyati quyichirchiq tumanidagi hovlilardan birida ayolning murdasi bo‘laklarga bo‘lingan hamda qo‘l sumkaga joylangan holatda topilgan. 

Hovlining 29 yoshli egasi jinoyatda sud qilingan. Sudlanuvchi marhumanini shar’iy nikohidagi ayolim, deb tanishtirgan. 

“Ikkalamiz turmush qurib, yashamoqchi edik. Har bitta oilada o‘ziga yarasha janjal bo‘lib turar ekanda. Bunaqa qiladigan niyatim ham bo‘lmagan. Oilaviy shuncha oy, shuncha yil yashab kelayotgan edik. Shu yerda shunaqa bo‘lib qoldi. Qilgan ishimdan ming pushaymonman, yengilroq jazo berishingizni so‘rayman”, deydi sudlanuvchi. 

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zaro janjalda erkak ayolni qo‘llari bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan. U marhumaga tegishli 30 500 AQSH dollari, 36 million so‘mlik tilla taqinchoqlar va 1 million so‘mni o‘zlashtirgan. Sezdirmaslik uchun u ayolning telefoni orqali opasiga sms yozib turgan.

Xabarga ko‘ra, Toshkent shahar Olmozor tuman sudi raisi jinoyatga tegishli barcha dalillarni o‘rganib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi ikkinchi qismining “i” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda sudlanuvchini aybdor deb topgan hamda 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1434

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing