Yengil shamollash koronavirusning oldini olishga yordam beradimi?
Salomatlik
−
02 noyabr 2020
8919Yengil shamollash odamni COVID-19 dan himoq qilishi mumkinmi? Immunolog Vladislav Jemchugov nima uchun bu variant istisno etilmasligi haqida so‘zlab berdi. Bu haqda “Sputnik” yozmoqda.
Vladislav Jemchugovning fikriga ko‘ra, olimlar odamlardagi viruslar hudud uchun raqobatlasha oladi, deb taxmin qilishmoqda. Koronavirus holatida “mahalliy” viruslari "begonalar" bilan kurashadimi yoki yo‘qmi, buni aniq aytish mumkin emas. Ammo, ehtimol, bunday jarayon bo‘lishi mumkin.
"Ma’lumki, "mahalliy" viruslarimiz, masalan, sitomegalovirus, gerpes ma’lum bir vaqtlarda interferonlarni, ya’ni tabiiy mudofaa omillarini ko‘payishiga olib keladi. Bu hatto tashqi yangi viruslardan, shu jumladan, koronavirus va grippdan himoya bo‘lishi mumkin. Yoki boshlangan qandaydir yengil shamollash odamni koronavirusdan himoya qilishi mumkin. Ushbu variant istisno qilinmaydi", dedi Vladislav Jemchugov.
Bunday himoya qanchalik samarali bo‘lishi mumkinligini faqat tajribalar orqali bilib olish mumkin, deb ta’kidladi shifokor-immunolog.
"Masalan, inglizlar nima bo‘lishini tushunish uchun odamlarga virusni sun’iy ravishda yuqtirishmoqchi. Ularning qonunchiligi bunga imkon beradi, bizning qonunchilik bunday tajribalarni taqiqlaydi", dedi Vladislav Jemchugov Sputnik’ka bergan intervyusida.