Yondiradi-kuydiradi: O‘zbekistonda bu hafta havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi
Bu qiziq
−
06 iyul 2811 1 daqiqa
Joriy hafta davomida O‘zbekistonda havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 6–11 iyul kunlari respublika bo‘yicha havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Qayd etilishicha, iyul oyi boshida kuzatilgan salqin ob-havodan so‘ng, ushbu haftada O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat tartibi asta-sekin oddiy yozgi ko‘rsatkichlarga qaytadi.
Bugun, 6 iyul kuni kunduzi havo 34–37 darajagacha isiydi, keyingi kunlarda esa kunduzgi harorat 37–40 darajaga yetadi. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda harorat asosan kunduz kunlari 39–42 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda 6–11 iyul kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10–12 m/s gacha kuchayishi mumkin.
6–7 iyul kunlari kunduzgi havo harorati 35–38 daraja bo‘ladi, keyinchalik asta-sekin 38–40 darajagacha ko‘tariladi. Harorat kechalari 22–25 daraja atrofida bo‘ladi.
Live
Barchasi