YOXBB o‘t o‘chirgichlarning yorilishiga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda avtotransport vositalarida mavjud bo‘lgan suv-emulsiya tarkibli aerozol balloniga qadoqlangan birlamchi o‘t o‘chirgichlarning yorilish holati tasvirga olingan foto va videolavhalar tarqalgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YOXBB ushbu foto va videolavhalarga munosabat bildirdi. Boshqarma holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi:

1) Ishlab chiqaruvchi korxonaning mazkur o‘t o‘chirgichlardan foydalanish yo‘riqnomasiga asosan o‘t o‘chirgichlardan havo harorati -10 darajadan +50 darajagacha bo‘lgan sharoitlarda foydalanish belgilab qo‘yilgan.

 2) O‘t o‘chirgichdan foydalanish yo‘riqnomasini inobatga olgan holda, o‘t o‘chirgichlarni quyosh nurlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan (salonning old,  orqa va boshqa)  joylarga o‘rnatish taqiqlanadi.

3) Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, mazkur turdagi o‘t o‘chirgichlarni avtotransport vositalarining o‘rindiqlari tagida, yukxonasida yoki boshqa quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushmaydigan joylarida saqlash tavsiya etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

YoXBB

Baholaganlar

13

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing