YeXHTning O‘zbekistondagi koordinatori almashdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, elchi Jon MakGregor bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Asadovning Telegram kanalidagi ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi tugayotgani munosabati bilan Jon MakGregorga Prezident Shavkat Mirziyoyevning minnatdorlik maktubi o‘qib eshittirilgan. O‘zbekistonda uning o‘rnini shveysariyalik diplomat Per fon Arks egallaydi.

Elchi yuksak e’tibor uchun Shavkat Mirziyoyevga tashakkur izhor etgan.

“Suhbatda Jon MakGregorning O‘zbekistondagi faoliyati samarali bo‘lgani, hamkorlikda ko‘plab loyihalar amalga oshirilgani ta’kidlandi. Tajribali diplomatning kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tilab, ezgu istaklar bildirildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Jon MakGregor Vankuverda tug‘ilgan, Kanada harbiy-dengiz flotining sobiq ofitseri. U 2016 yilning may oyida YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori etib tayinlangan. U fransuz tilida so‘zlashadi, shuningdek, ozarbayjon, qirg‘iz va o‘zbek tillarida gaplasha oladi. 

2019 yil 1 sentyabr – Mustaqillik kunini nishonlash arafasida O‘zbekiston Prezidenti uni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlagan. Jon Makgregor yaqinda YeXHTning Turkmanistondagi missiyasining rahbari etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing