YeXHT raisi Toshkentga yetib keldi. U Mirziyoyev qabulida bo‘ladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 13 aprel kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) amaldagi raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Kristin Linde ikki kunlik tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ma’lum qilinishicha, tashrif dasturida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Uchrashuvlarda YeXHT doirasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari hamda O‘zbekiston-Shvetsiya aloqalarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari – Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov Ann Kristin Linde O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ham qabul qilinishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing