YeIning sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Toshkentga keladi

Jamiyat

image

Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan 29−30 noyabr kunlari Toshkentda bo‘ladi. Bu haqda YeIning O‘zbekistondagi delegatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Devid O’Sallivan O‘zbekiston hukumati bilan Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy tajovuziga javoban Yevropa Ittifoqi sanksiyalari bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirish maqsadida Toshkentga tashrif buyuradi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Toshkentga kelishidan oldin O’Sallivan 28 noyabrda Qozog‘istonga boradi va u yerda mamlakat rasmiylari bilan uchrashadi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning aprel oyida O’Sallivan Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistonda bo‘lgan edi. Shuningdek, Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan edi. Poytaxtdagi matbuot anjumanida Devid O’Sallivan O‘zbekiston Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam bermasligi hamda bu bo‘yicha YeI bilan hamkorlik qilishi kerakligiga to‘xtalib o‘tgandi.

Avvalroq, AQSH Savdo vazirligining Sanoat va xavfsizlik byurosi Rossiyadagi 12 ta shirkat bilan bir qatorda O‘zbekistondagi "Mvizion" MCHJni ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan edi.

Ayrim nashrlarning yozishicha, YeI ham Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 12-paketiga Moskvaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda ko‘maklashganlikda gumonlangan "Mvizion" MCHJni kiritishni rejalashtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent sanktsiya EI

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made