YeIning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image

Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari Yanush Voysexovskiy 2024 yilning 5-6 sentyabr kunlari O‘zbekistonga keladi. Bu haqda YeIning O‘zbekistondagi missiyasi ma’lum qildi.

“Mazkur tashrif Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston va umuman mintaqa bilan hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanligini ta’kidlaydi”, deyiladi xabarda.

Komissar Voysexovskiy tashrifi mobaynida “Dengizga chiqish yo‘llari bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar: oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari” mavzusidagi xalqaro forumni ochilish marosimida nutq so‘zlaydi. O‘z chiqishida u, ayniqsa, dengizga chiqish yo‘llari mavjud bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlarning qishloq xo‘jaligini boshqarishni barqaror usullari va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida doimo qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yevropa Ittifoqining izchil sa’y-harakatlari haqida so‘zlab beradi.

Forumdagi ishtirokiga qo‘shimcha tarzda Voysexovskiy hukumat vakillari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Ushbu uchrashuvlar qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, savdo-sotiq istiqbollari va barqaror qishloq xo‘jaligini ilgari surish bo‘yicha tashabbuslar masalalarini muhokama qilish imkonini beradi. 

“O‘zaro manfaatlarni aks ettiruvchi sohalarga alohida e’tibor qaratiladi, bu ham Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi va boshqa masalalar bo‘yicha munosabatlarni chuqurlashtirish imkonini beradi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan O‘zbekistonga kelgandi. Joriy yilning iyun oyida u Qozog‘istonga keldi. 1 avgustda esa Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili – Yevrokomissiya vitse-prezidenti Jozep Borrel Qozog‘istonga keldi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Evropa Ittifoqi qishloq xo'jaligi Yanush Voytsexovskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made