YeI va Rossiya o‘rtasida muzokaralarni boshlash taklif qilindi
Olam
−
04 fevral 1916 1 daqiqa
Bugun, 4 fevral kuni Latviya Bosh vaziri Cilinya Evika va Estoniya Prezidenti Alar Karis Dubaydagi Jahon hukumatlari sammitida Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan diplomatik aloqalarni qayta tiklash uchun maxsus elchi tayinlashi kerakligini bildirdi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
“Diplomatiyaga kirishishimiz kerak. Har doim gaplashish zarur, lekin Rossiyani izolyatsiya qilgan holda sanksiyalarni davom ettirishimiz kerak. Biz muzokara stolida bo‘lsak, ukrainaliklar ham muzokaralarni boshlaydi”, deydi Latviya Bosh vaziri.
Qayd etilishicha, mazkur taklif Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan yangi yondashuvini ko‘rsatadi va Vashington, Kiyev hamda Moskva o‘rtasidagi muzokaralarda Yevropaning tasirini kuchaytirishga qaratilgan.
Estoniya Prezidenti Karis tayinlanadigan elchi Yevropaning yirik davlatidan bo‘lishi va ikkala tomon uchun ham ishonchli bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.
Biroq bu tashabbusni barcha YeI mamlakatlari ma’qullamayapti, jumladan, Germaniya kansleri Fridrix Mers to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga qarshi. Bundan tashqari, Yevropa Komissiyasi Rossiya bilan diplomatik aloqalarni qayta tiklashdan oldin Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tinchlik bo‘yicha amaliy qadamlar ham tashlashi kerakligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 20-paketi doirasida mamlakatdan platina va mis xaridini taqiqlamoqchiligi haqida xabar berilgan edi.
Sunnatova Farangiz
Live
Barchasi