YeI va AQSH Polshani qurollantirmoqda – Lukashenko
Olam
−
30 iyun 2023
7244Yevropa Ittifoqi davlatlari va AQSH Polshani Vashington tajovuzkorligi uchun qo‘rg‘on yaratish maqsadida tez sur’atlar bilan qurollantirmoqda. Bu haqda bugun, 30 iyun kuni Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi.
“Hozir Yevropa Ittifoqi davlatlari, Amerika Qo‘shma Shtatlari qo‘shnimiz Polshani jadal sur’atlar bilan qurollantirmoqda. Shu tariqa yana bir keskinlik o‘chog‘i – dunyodagi eng agressiv davlat bo‘lgan Amerika Qo‘shma Shtatlarining agressiyasi uchun yana bir qo‘rg‘on yaratilmoqda", degan u 3 iyul kuni nishonlanadigan Belarus Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Polsha Bosh vaziri Mateush Morevetskiy Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi sammitida AQSHning yadro qurolini o‘z hududiga joylashtirishni so‘ragandi. Shu yilning mart oyida esa Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat o‘zining taktik-yadroviy qurollarini Belarusga o‘tkazishini e’lon qilgandi. Shu maqsadda Moskva Minskka “Iskander” raketa tizimini topshirdi. Shuningdek, Rossiya Belarus samolyotlarini maxsus o‘q-dorilarni tashish uchun moslashtirishga yordam berishi ma’lum qilindi. Belaruslik uchuvchilar esa Rossiyada maxsus tayyorgarlikdan o‘tdi. 16 iyun kuni yadroviy kallaklarning dastlabki partiyasi Belarusga o‘tkazildi. To‘liq tarkibdagi qurollar esa yil yakuniga qadar yetkazib berilishi ma’lum qilindi.
LiveBarchasi