YeI Ukrainaga yana 148 mln yevro gumanitar yordam ajratdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldovadagi ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 148 million yevro gumanitar yordam ajratdi. Bu haqda Yevrokomissiya xabar berdi.

“148 million yevro yangi moliyalashtirish Ukrainada va Moldovada zarur gumanitar yordamni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi va Yevrokomissiyaning gumanitar yordamining umumiy miqdorini 1,1 milliard yevrodan oshiradi”, deyiladi Yevrokomissiya bayonotida.

Bayonotga ko‘ra, 140 million yevro mablag‘ Ukrainadagi gumanitar loyihalarga yo‘naltiriladi. Xususan, pullar oziq-ovqat, boshpana, toza suv, sog‘liqni saqlash va qishki sharoitda himoya kabi favqulodda yordamga sarflanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, asosiy e’tibor sharqiy va janubiy Ukrainadagi mojarodan zarar ko‘rgan hududlardagi zaif aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Qolgan 8 million yevro esa Moldovadagi gumanitar loyihalarga – ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladi.

“Ushbu yordamning asosiy yo‘nalishi ukrainalik qochqinlar va ularni qabul qilayotgan moldav jamoalariga yordam berish, shu jumladan, naqd pul bilan yordam, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi muhim xizmatlarga kirish imkonini ta’minlash, shuningdek, psixosotsial yordam ko‘rsatishga qaratiladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Kiyevga 500 million dollarlik qo‘shimcha harbiy yordam paketini e’lon qilib, kelgusida ham yordam berishga va’da bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing