YeI Ukrainaga 4,2 mlrd yevro ajratishni ma’qulladi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Kengashi Kiyevga Ukrainaga yordam jamg‘armasidan 4,2 milliard yevro ajratishni ma’qulladi. Bu haqda bugun, 6 avgust kuni Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Vengriya X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. 

“Ushbu qaror Ukrainaning makromoliyaviy barqarorligini va uning davlat boshqaruvi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Mablag‘lar Ukrainaning makromoliyaviy barqarorligini va uning davlat boshqaruvi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Bu yil Yevropaning Kiyevga moliyaviy yordami miqdori 12 milliard yevroga yetadi”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi Kengashi 2024 yil fevral oyida Ukrainaga 50 milliard yevrolik Yevropa yordam jamg‘armasini yaratishni ma’qulladi. To‘rt yilga – 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan ushbu mablag‘lar grant va kreditlar ko‘rinishida berilishi rejalashtirilgan. Ular Ukraina davlatining qisqa muddatli ehtiyojlarini ham, mamlakatni qayta qurish va modernizatsiya qilish bo‘yicha o‘rta muddatli vazifalarni hal qilishni ham ta’minlashi kerak.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina AQSHdan byudjet yordami sifatida 3,9 milliard dollar grant mablag‘i olgan edi.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Evropa Ittifoqi Ukraina Kiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made