YeI Ukrainaga 18 milliard yordam ko‘rsatadi
Olam
−
11 dekabr 2022 5148 1 daqiqa
Yevropa Ittifoqi Kengashi 2023 yil davomida Ukrainaga 18 milliard yevro moliyaviy yordam ko‘rsatish imkonini beruvchi qonun hujjatlari paketini ma’qulladi. Bu haqda Chexiya Moliya vaziri Zbinek Stanyura e’lon qildi.
Qaror Yevroparlamentga taqdim etilgan.
Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik qilayotgan Chexiya Moliya vaziri Zbinek Stanyuraning aytishicha, Ukraina Yevropa Ittifoqiga ishonishi mumkin.
“2023 yilda Ukrainaga beriladigan kredit miqdori 18 milliard yevroni tashkil etadi, kreditlar 10 yillik imtiyozli davrga ega. A’zo davlatlar foiz xarajatlarining asosiy qismini tashqi maqsadli daromadlar hisobidan qoplaydi. Ushbu qarz olish uchun kafolatlar Yevropa Ittifoqi budjetidan yoki a’zo davlatlar tomonidan taqdim etiladi", deydi Stanyura.
Avvalroq, Norvegiya Ukraina hukumatiga mamlakat energetika tizimini tiklash uchun 100 million dollar ajratgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi