YeI tez orada 160 yuk mashinasida G‘azoga yordam yetkazib beradi
Olam
−
15 iyul 2152 1 daqiqa
Yevropa Ittifoqi gumanitar yordam yuklangan kamida 160 yuk mashinasi yaqin kelajakda G‘azo sektoriga yana 8 ta qo‘shimcha nazorat punkti orqali kirishini kutmoqda. Bu haqda Yevropa Ittifoqining nomi oshkor etilmagan vakiliga tayanib, Yevropaning “Politico” nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, YeIning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Kristof Bigot, BMT vakillari va Isroil rasmiylari yordamning anklavga yetib borishini nazorat qiladi. Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqining ayrim diplomatlari hamjamiyatning bu jarayonni nazorat qilishi “asosiy” degan fikrni bildirgan.
Avvalroq “Politico” Yevropa Ittifoqi G‘azo atrofidagi vaziyat munosabati bilan Isroil bilan hamkorlik shartnomasini to‘xtatib turish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.
Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari bugun, 15 iyul kuni ehtimoliy choralarni muhokama qilishi kutilmoqda. Shu kuni Isroil G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatni yaxshilash bo‘yicha hisobot taqdim etishi kerak.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr