YeI Tashqi ishlar vazirlari Kiyevda yig‘iladi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat xizmati rahbari Jozep Borrel bugun, 2 oktyabr kuni Ukraina poytaxti Kiyevda Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvi o‘tkazilishini rasman tasdiqladi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.

“Men bugun Kiyevda Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishini, yevropalik vazirlarning YeIdan tashqaridagi birinchi yig‘ilishini chaqirdim. Ukraina kelajagi - Yevropa Ittifoqida”, deb yozgan Borrel.

Uning ta’kidlashicha, ushbu tadbir aniq qarorlar qabul qilish uchun emas, balki siyosiy muhokamaga qaratilgan.

“Euractiv” portalining xabar berishicha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari Kiyevga tashrifi chog‘ida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keyingi chora-tadbirlar, shuningdek, mamlakatning ittifoqqa kirish istiqbollarini muhokama qiladi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, kengayish va qo‘shnichilik siyosati bo‘yicha Yevropa komissari Oliver Varheli ishtirok etadigan yig‘ilishning asosiy mavzusi Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga ehtimoliy qo‘shilishi bo‘ladi. Bundan tashqari, yevropalik vazirlar Rossiyaga qarshi sanksiyalar samarasini baholash niyatida. Shuningdek, ular Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba va mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 sentyabr kuni Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar xizmati rahbari Jozep Borrel Ukrainaning Odessa shahriga e’lon qilinmagan tashrif bilan borgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ukraina Kiev Jozep Borrel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing