YeI Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga harbiy yordam ajratmoqchi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Rossiyaning G‘arbda muzlatilgan aktivlaridan tushgan mablag‘ hisobidan Ukrainaga 1,4 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ajratishga qaror qildi. Bu haqda UNN xabar berdi.

Qayd etilishicha, harbiy yordam uchun ajratilayotgan pul yordam fondi orqali Ukrainaga yuborilgan, ammo to‘lovlar Vengriya tomonidan bloklangan.

"Yevropa Ittifoqi Kengashining yuridik xizmati Budapesht bu to‘lovlarni to‘xtata olmasligini aytdi. Chunki u shu yil boshida Ukrainaga yordam fondini yaratish bo‘yicha ovoz berishda betaraf qolgandi. Vaqtinchalilik yechim topishga imkon beruvchi sabab bu — mablag‘larning Yevropa Ittifoqidan kelmasligidir”,  deya yozgan nashr.

Nashrga ko‘ra, pullar yordam fondida bo‘lgani kabi xarajatlarni qoplash uchun emas, balki o‘q-dorilar va havo mudofaasi tizimi komponentlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish uchun ishlatiladi. Mablag‘ning chorak qismi xaridlarga sarflanadi.

Muzlatilgan aktivlardan Ukrainaga tushadigan foyda miqdorining yakuniy ko‘rsatkichi hali aniq emas, biroq diplomatlarning aytishicha, bu 1,2 milliard yevrodan 1,4 milliard yevrogacha bo‘lgan summani tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi 2022-2023 yillarda muzlatilgan Rossiya aktivlarini investitsiya qilishdan olingan 5 milliard yevro daromadni Ukrainaga o‘tkazmaslikka qaror qilgandi. Joriy yilning may oyida YeI davlatlari muzlatilgan aktivlaridan tushgan mablag‘larni Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatish rejasini ma’qulladi. Shuningdek, Yevropa kengashi Rossiyaga qarshi iqtisodiy va individual sanksiyalarning 14-paketini qabul qilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa Ittifoqi Ukraina harbiy yordam aktivlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing