YeI Rossiyaning 68 mlrd yevro miqdoridagi aktivlarini muzlatib qo‘ydi

Olam

image
0:00
0:00
download

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning umumiy qiymati 68 milliard yevro bo‘lgan aktivlarini muzlatib qo‘ydi, deb xabar berdi Politico gazetasi Yevropa komissiyasining ichki hujjatiga tayanib.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, aktivlarning asosiy qismi Belgiyada (50 milliard yevro) va Lyuksemburgda (5,5 milliard yevro) muzlatilgan. Ushbu ikki davlatga, shuningdek, Avstriya, Irlandiya, Italiya, Fransiya va Germaniyaga muzlatilgan aktivlarning 90 foizdan ortig‘i to‘g‘ri keladi.

Oktyabr oyi oxirida Yevrokomissiya vakili Kristian Vigand Yevropa Ittifoqi tomonidan muzlatilgan Rossiya aktivlari miqdori 17,5 milliard yevroni tashkil etishini ma’lum qilgan edi. U sanksiya ostidagi 1350 nafar shaxs va tashkilotlarning aktivlarini nazarda tutgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiya bankining muzlatilgan aktivlari bir qismidan Ukrainani qayta tiklash uchun foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing