YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi (YeI) Rossiyaga qarshi sanksiyalar muddatini uzaytirdi. Bu haqdagi tegishli rezolyutsiya YeIning rasmiy jurnalida chop etildi.

Unga ko‘ra, Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporoje viloyatlarining Rossiyaga kirishi munosabati bilan joriy qilingan sanksiya cheklovlari yana 12 oyga, 2025 yilning 24 fevraligacha uzaytirilgan.

Yevropa Ittifoqi tomonidan shu kungacha qabul qilingan barcha choralarni saqlab qolish va kerak bo‘lganda qo‘shimcha jazolar qo‘llash tavsiya etiladi, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, yanvar oyi o‘rtalarida YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 13-paketini muhokamaga qo‘ygan. 24 fevralgacha qabul qilinishi rejalashtirilgan cheklovlar hamjamiyat mamlakatlari elchilarining yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan.

Unda sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirish, qo‘shimcha savdo cheklovlari, shuningdek, cheklovlarni chetlab o‘tishga qarshi kurashish choralari muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq YeI sudi metallurgiya magnati Alisher Usmonovning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan "hamtovoqligi" tufayli uning apellyatsiyasini rad etgan edi. Shuningdek, YeI tadbirkorning Ukraina bilan harbiy mojaroda Rossiya rasmiylarini qattiq qo‘llab-quvvatlaganini ham qo‘shimcha qilgan.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing