YeI Rossiyaga qarshi 10-sanksiya paketini qabul qildi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 10-paketini, xususan, 121 jismoniy va yuridik shaxsga nisbatan cheklovchi choralarni tasdiqladi. Bu haqda bugun, 25 fevral kuni YeI tashqi siyosati rahbari Jozep Borrel ma’lum qildi. 

“10-sanksiya paketi qabul qilindi. 121 jismoniy va yuridik shaxs “qora ro‘yxatga” kiritildi, import va eksportga nisbatan muhim yangi cheklovlar joriy etildi, Rossiya tashviqoti ommaviy axborot vositalariga taqiq qo‘yildi”, deb yozdi u Twitter sahifasida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, qora ro‘yxatga, xususan, harbiy harakatlar zonasidan bolalarni Ukrainadan majburan olib chiqishda ishtirok etgan shaxslar kiritilgan.  

“Ro‘yxatlarimiz doirasida biz kamida 6 ming ukrainalik bolani deportatsiya qilish va majburan asrab olishda aybdorlarni nishonga olmoqdamiz. Bu xalqaro huquqning, jumladan, kecha BMT Xavfsizlik Kengashida gapirgan Jeneva konvensiyasining ochiqdan-ochiq buzilishidir”, deya qo‘shimcha qildi u. 

Qora ro‘yxatga kiritilgan shaxslar orasida urush zonasidan bolalarni majburan olib chiqishni tashkil etgani uchun Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha komissari Tatyana Moskalkova, Moskva viloyati hukumati raisining o‘rinbosari Vyacheslav Duxin, Boshqirdiston mehnat, oila va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Lenara Ivanova ham bor. 

Bryussel sanksiyalar qarorida bolalarni urush zonasidan olib chiqishni ukrainalik bolalarni ommaviy o‘g‘irlash deb atagan.

Yangi sanksiyalar 25 fevraldan ertaroq kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

EI

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing