YeI Rossiyadan neft importini taqiqlash bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi – OAV

Olam

image

Bugun, 5 may kuni Yevropa Ittifoqi davlatlarining doimiy vakillari Rossiya neftining importiga embargo qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi, muzokaralar 5 may kuni davom etadi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, muhokama chog‘ida hamjamiyatga a’zo bo‘lgan ba’zi davlatlar, xususan, Vengriya, Slovakiya, Chexiya va Bolgariya Rossiyadan neftni bosqichma-bosqich olib tashlash bo‘yicha taklif etilayotgan chora-tadbirlardan xavotir bildirgan. Shu tariqa neft embargosining birinchi muhokamasi tomonlar o‘rtasida yakdillik yo‘qligi bilan yakunlangan. 

Manbaga ko‘ra, YeI doimiy vakillarining 5 may kuniga belgilangan navbatdagi yig‘ilishida kelishuvga erishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Yevrokomissiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi bosqichi loyihasini e’lon qildi. Unda YeI davlatlariga olti oy ichida Rossiya xom neftini import qilishdan, 2023 yilda esa neft mahsulotlari importidan voz kechish taklif qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

619

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing