YeI Lochindagi vaziyatdan xavotir bildirdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Lochin yo‘lagi atrofidagi voqealardan xavotir bildirdi va Ozarbayjon hukumatini u bo‘ylab harakatlanish erkinligi va xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi. 

“Yevropa Ittifoqi dekabr oyi boshidan buyon Lochin koridori atrofidagi turli voqealarni jiddiy xavotir bilan kuzatmoqda. Yevropa Ittifoqi Ozarbayjon hukumatini 2020 yil 9 noyabrdagi uch tomonlama bayonotga muvofiq, yo‘lak bo‘ylab erkin harakatlanish va xavfsizlikni ta’minlashga chaqiradi. Bunday harakatlanish erkinligini cheklash mahalliy aholiga og‘ir azob-uqubatlarni va gumanitar muammolarni keltirib chiqaradi. Boshqa masalalarni manfaatdor tomonlar bilan muloqot va maslahatlashuvlar yo‘li bilan hal qilish mumkin va hal qilinishi kerak. Yevropa Ittifoqi vazminlikka chaqiradi va yuqoridagi sa’y-harakatlarga hissa qo‘shishga tayyor”, deyiladi Yevropa Ittifoqi tashqi xizmatining kecha, 13 dekabr kuni e’lon qilingan bayonotida. 

Joriy yilning 12 dekabr kuni o‘zini ekologlar deb tanishtirgan bir guruh ozarbayjonliklar Armaniston va Tog‘li Qorabog‘ni bog‘lovchi yagona yo‘l bo‘lgan Lochin yo‘lagini to‘sib qo‘ydi. Yerevan bu qadamni rasmiy Baku tomonidan tan olinmagan respublikada gumanitar falokat yaratishga qaratilgan provokatsiya sifatida baholadi.

Ozarbayjon nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) vakillari Qorabog‘ viloyatidagi Shusha-Lochin yo‘lida rossiyalik harbiylarning vaqtinchalik nazorati ostidagi hududlarni kuzatish taqiqlanganini qoralagan mitingni 13 dekabr kuni ertalabgacha davom ettirdi. 

Mahalliy matbuotning yozishicha, namoyishchilar tun bo‘yi shiorlar aytishgan. 

Faollar ekologik terror, konlardan noqonuniy foydalanishga qarshi shiorlar aytmoqda, Rossiyaning Qorabog‘dagi harbiy kontingenti qo‘mondoni Andrey Volkov bilan uchrashishni talab qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

114

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing